BIZ HAQIMIZDA

Tariximiz

"Shaharsozlik To'lqini" 2021-yil aprel oyida O'zbekiston yosh arxitektorlar tashabbusi bilan tashkil etilgan. Dastlab, birlashma “Yuksalish” UMH qoshida tashabbus loyiha sifatida tashkil etilgan edi.

 "Shaharsozlik To'lqini" 2021-yildan buyon  “SHAHARSOZ 2022” mukofoti, Al-Xorazmiy maydonini rekonstruksiya qilish bo‘yicha tanlov, Al-Xorazmiy maydonini rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish, seminarlar va fleshmoblar kabi ijtimoiy va qurilish tadbirlarini muvaffaqiyatli o‘tkazdi.


Maqsadimiz

- O‘zbekistonda shaharsozlik sohasini rivojlanishidan manfaatdor bo‘lgan yuridik shaxslar va ekspertlarni birlashtirish;

- Kasbiy manfaatlarni himoya qilish;

- Shaharsozlik sohasida kadrlar salohiyatini rivojlanishiga hissa qo'shish.

Vazifalarimiz

- Arxitektura  bozorini o'rganish va rivojlanishiga hissa qo'shish;

- Arxitektura sohasidagi mutaxassislarni bandligini ta'minlashga ko‘maklashish;

- Kasbiy muloqot va tajriba almashishni yo'lga qo'yish;

- Kasbiy tadbirlarni o'tkazish;

Dolzarblik 

Talabalar, bitiruvchilar va yosh mutaxassislar uchun murabbiylik va kasbiy muhit yetishmasligi. Professional jamoaning passivligi O'zbekiston shaharlarini badiiy qiyofasida o'z aksini topmoqda. 


MUVOFIQLASHTIRUVCHI KENGASH

Muvofiqlashtiruvchi Kengash  Birlashmaning doimiy faoliyat yurituvchi va qaror qabul qiluvchi organi bo‘lib,  5 (besh) kishidan iborat tarkibda tuziladi.  Kengash Birlashma hamkorlarining Umumiy yig‘ilishi oldida mas’uldir va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga, Birlashma ustaviga, Umumiy yig'ilish va Birlashma qarorlariga amal qiladi.  

Boshqaruv Kengashining vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • Strategiyalar va siyosatlarni ishlab chiqish — Assotsiatsiyaning uzoq muddatli va qisqa muddatli maqsadlarini shakllantirish.
  • Qarorlarning amalga oshirilishini nazorat qilish — oldingi yig'ilishlarda belgilangan qarorlar va vazifalarning bajarilishini monitoring qilish.
  • Byudjetni tasdiqlash va moliyaviy rejalashtirish — byudjetni tasdiqlash, Assotsiatsiyaning moliyaviy resurslari va mablag'lari ustidan nazorat o'rnatish.
  • Tadbirlar va tashabbuslarni tashkil etish — Assotsiatsiyaning maqsadlariga erishish uchun tadbirlarni rejalashtirish va o'tkazish.
  • Tuzilma qoidalari va qonunlarga rioya qilinishini ta'minlash — Assotsiatsiyaning faoliyatining mavjud huquqiy normalarga mosligini nazorat qilish.
  • Assotsiatsiyani vakillik qilish — muzokaralarda, forumlarda ishtirok etish, Assotsiatsiyaning manfaatlarini himoya qilish.
  • Tashqi tashkilotlar va davlat organlari bilan hamkorlik — Assotsiatsiyaning manfaatlarini himoya qiladigan hamkorlar, homiylar, davlat va jamoat tuzilmalariga nisbatan aloqalarni o'rnatish.
  • Assotsiatsiyaga a'zo qabul qilish va chiqarish — yangi a'zolarni qabul qilish va Assotsiatsiyadan chiqarish masalalarini ko'rib chiqish.

Turdialiyeva Tahmina 

Klichev Bobir

Abduganieva Zarifa

Sodiqov Sardor

Sharahmedov Farrux   



MASLAHATCHILAR

Birlashma maslahatchilari xorijiy fuqarolar, shuningdek, keksa avlod arxitektura jamoatchiligi vakillaridir. Maslahatchilar tarkibi Muvofiqlashtiruvchi Kengash a’zolarining ovoz berish natijalariga ko‘ra cheklanmagan miqdorda tuzilishi mumkin.


Mannanikov Yuriy


МА'MURIYAT


Tahmina Turdialiyeva
Birlashma raisi

Ranay Utkelbayeva
Birlashma direktori

Elvina Mustafina
Mediakonsultant


Jumambetov
Ulugbek

Birlashma xodimi

Nigmatov
Sherzod
Birlashma xodimi


QO'MITALAR


Qoʻmitalari Birlashmaning tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.

Birlashma quyidagi qoʻmitalardan iborat:

- Reklama (PR, yangiliklar, ijtimoiy tarmoqlar va aloqa)
- Tadbirlar (forumlar va boshqa kasbiy tadbirlari)
- Analitika (yangi bilimlarni ishlab chiqarish - atamalar, prognozlar, loyihalar, tadqiqotlar va boshqalar)
- Tanlovlar (tanlovlar o'tkazish va developerlar uchun operatorlik)
- Tashqi aloqalar (davlat bilan o'zaro munosabatlar, xalqaro aloqalar, hamkorliklar o'rnatish)
- Huquq (me'morlarni yuridik qo'llab-quvvatlash)