40 yoshgacha boʻlgan O'zbekiston TOP-30 meʼmorlari aniqlandi

Oʻzbekiston yosh meʼmorlar birlashmasining ekspertlik kengashi tomonidan 40 yoshgacha boʻlgan meʼmorlar reytingini shakllantirildi.

Maqsad — faollik va tashabbus koʻrsatgan isteʼdodli meʼmorlarni ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash, davlat organlari va jamoatchilikka barqaror rivojlanish tamoyillari va zamonaviy trendlar asosida qulay shahar muhitini yaratishga hissa qoʻsha oladigan yosh shaharsozlar va urbanistlarning salohiyatini namoyish etishdir.

Soha mezonlariga koʻra nisbatan yosh boʻlishlariga qaramay, ularning koʻpchiligi allaqachon sohada sezilarli yutuqlarga erishgan, baʼzilari oʻz studiyalari va byurolarini tashkil etib, boshqarmoqda, nafaqat Oʻzbekistonda, balki xorijiy mamlakatlarda ham loyihalarni amalga oshirib, ijodkorlik, innovatsion yondashuv va yuqori kasbiy mahoratni namoyish etmoqda. Roʻyxatga taniqli arxitektorlar bilan bir qatorda, bu sohada ilk qadamlarini qilayotgan mutaxassislar va talabalar kiritilgan boʻlib, ular uchun taniqli mutaxassislar bilan bir roʻyxatda boʻlish keyingi oʻsish va sohada yangi choʻqqilarga erishish uchun kuchli turtki boʻladi.

Top-30 arxitektorlar roʻyxatini tuzishda nomzodlar faoliyatining kompleks tahlili qilindi, xususan, quyidagi mezonlarga eʼtibor qaratildi:

  • kasbiy yutuqlari baholandi (ular tomonidan amalga oshirilgan loyihalar, xalqaro tanlovlarda ishtiroki va professional mukofotlar olganligi);
  • kreativlik va innovatsiya (yechimlarning oʻziga xosligi, yangi texnologiyalar va materiallardan foydalanish, yangi trendlarni belgilash va shahar muhitini yaxshilashga hissa qoʻshish qobiliyati hisobga olingan);
  • ijtimoiy faollik, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar, Oʻzbekiston yosh meʼmorlar uyushmasi faoliyati va loyihalarida ishtirok etish.

2024-yilning Top-30 meʼmorlari roʻyxatiga quyidagilar kirdi:

  • Abdullayev Ibrohim — arxitektor, “Oʻzshaharsozlik LITI” DUKda guruh rahbari, “Insard Projects” byurosida yetakchi arxitektor. Al-Xorazmiy maydonini rekonstruksiya qilish loyihasini yaratish boʻyicha tanlov gʻolibi (2021), Oʻzbekiston yosh meʼmorlar birlashmasi tomonidan tashkil etilgan Human House binosini rekonstruksiya qilish boʻyicha tanlov sovrindori (2024).
  • Agzamov Timur — “Uzliti Engineering” kompaniyasida arxitektor, Oʻzbekiston yosh meʼmorlar birlashmasi tomonidan tashkil etilgan Human House binosini rekonstruksiya qilish boʻyicha tanlov gʻolibi (2024).
  • Galauddinov Vakil — “Insard Projects” byurosida arxitektor. Al-Xorazmiy maydonini rekonstruksiya qilish loyihasini yaratish boʻyicha tanlov gʻolibi (2021), Oʻzbekiston yosh meʼmorlar birlashmasi tomonidan tashkil etilgan Human House binosini rekonstruksiya qilish boʻyicha tanlov sovrindori (2024).
  • Gʻulomjonov Ismoiljon — arxitektor, raqamli egizaklarni ishlab chiqish jamoasi yetakchisi, ECM DigitalTECH kichik BIM koordinatori, “Shaharsoz 2022” mukofoti sovrindori.
  • Hakimov Aziz — “TataLAB” meʼmorlik studiyasida arxitektor-dizayner. “Shaharsoz 2022” mukofoti uchun tanlov ishtirokchisi. Oʻzbekistonda amalga oshirilgan 5 ta obyekt loyihalari rahbari va ishtirokchisi.
  • Imomov Otabek — arxitektor-dizayner, “Imamov Architects” studiyasi asoschisi, Oʻzbekistonda 20 dan ortiq obyektlarning loyihalarini yaratgan va amalga oshirgan.
  • Joʻrayev Mirakbar — dizayner, arxitektor-frilanser. “Meʼmor 2021” mukofoti sovrindori, Al-Xorazmiy maydonini rekonstruksiya qilish loyihasini yaratish boʻyicha tanlov sovrindori (2021).
  • Joʻrayeva Sabina — arxitektor-talaba, “Versus Standards”. Oʻzbekiston yosh meʼmorlar birlashmasi tomonidan tashkil etilgan Human House binosini rekonstruksiya qilish boʻyicha tanlov ishtirokchisi (2024).
  • Kim Vitaliy — “Zrobim Architects” byurosining arxitektori, Oʻzbekiston yosh meʼmorlar birlashmasi tomonidan tashkil etilgan Human House binosini rekonstruksiya qilish boʻyicha tanlov sovrindori (2024).
  • Klichev Bobir — “ARC Architects” byurosi asoschisi va rahbari, arxitektor-dizayner. Oʻzbekistonda 20 dan ortiq loyiha amalga oshirgan.
  • Madaminbekov Behzod — “Sigma” kompaniyasining yetakchi arxitektori, “Shaharsoz 2022” mukofoti sovrindori.
  • Mahmudov Otabek — “Werner Sobek” byurosining yetakchi arxitektori, “Shaharsoz 2022” mukofoti sovrindori.
  • Muqimov Husan — urbanist, magistrant, Planning engineer, “Renerco plan consult GmbH”. “City Planner” Telegram kanali muallifi, Oʻzbekiston yosh meʼmorlar birlashmasi boshqaruv kengashi aʼzosi (2023).
  • Munavvarova Kumush — “Nufuz” arxitektura-loyihalash kompaniyasida arxitektor. “Shaharsoz 2022” mukofoti laureati.
  • Muhammadboyev Bekzod — “ARC Architects” byurosida arxitektor. Oʻzbekistonda amalga oshirilgan 10 dan ortiq obyektlardagi loyihalar rahbari.
  • Olimjonova Farangiz — “Toshkentboshplan LITI” DUKda arxitektor. “Shaharsoz 2022” mukofoti laureati.
  • Oltyan Maksim — meʼmor-dizayner, “САД” studiyasi asoschilaridan biri. Portfoliosida Oʻzbekiston, Dubay va Balida koʻplab amalga oshirilgan loyihalar mavjud.
  • Pyagay Anastasiya — “ARC Architects” byurosida arxitektor. Oʻzbekistonda amalga oshirilgan 10 dan ortiq obyektlardagi loyihalar rahbari.
  • Rahmatov Zafarjon — “Mizan Architects”da arxitektor-dizayner. “Shaharsoz 2022” mukofoti sovrindori.
  • Rahmatov Rustam — arxitektor, “Nufuz” arxitektura-loyihalash kompaniyasi asoschisi. “Meʼmor-2019” mukofoti laureati.
  • Rahmatov Shahzod — “Mizan Architects” arxitektor-dizayneri. “Meʼmor 2021” mukofoti sovrindori, “Shaharsoz 2022” mukofoti sovrindori.
  • Sodiqov Sardor — meʼmor, “MEMORS” arxitektura byurosi asoschisi, Oʻzbekiston yosh meʼmorlar birlashmasi boshqaruv kengashi aʼzosi (2024). “Meʼmor” mukofoti laureati (2021, 2023).
  • Soliyev Iskandar — urbanist, “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining “Bogʻlar va yashil hududlar” departamenti loyiha menejeri. “Archemistry” Telegram kanali muallifi. Oʻzbekiston yosh meʼmorlar birlashmasi boshqaruv kengashi aʼzosi (2023, 2024).
  • Tulkunov Otabek — arxitektor, Toshkent xalqaro Kimyo universiteti (KIUT) oʻqituvchisi. Qurilish va arxitektura haqidagi YouTube kanali muallifi va boshlovchisi.
  • Turadjanov Doniyor — Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabasi, Al-Xorazmiy maydonini rekonstruksiya qilish loyihasini yaratish boʻyicha tanlov gʻolibi (2021).
  • Turdialiyeva Taxmina — arxitektor, “TataLAB” meʼmorlik studiyasi asoschisi va rahbari, Oʻzbekiston yosh meʼmorlar birlashmasi asoschisi, Janubiy Koreyadagi “Better Together” tanlovi sovrindori va “Turkistan Architects Award” (Qozogʻiston) mukofoti sovrindori. 2023-yilda u Buyuk Britaniya Qirollik meʼmorlar instituti talqiniga koʻra, dunyoning eng yaxshi 100 nafar ayol arxitektori roʻyxatiga kiritilgan.
  • Turdiyev Elyor— bosh rejachi, “Toshmetrotrans” MCHJ loyiha institutida ishlaydi. Oʻzbekistonda amalga oshirilgan koʻplab loyihalar rahbari.
  • Utkelbayeva Ranay — “Prime tower group” arxitektura byurosida arxitektor. Riga, Bryussel va Moskvada amaliyot oʻtagan. Oʻzbekistonda va Moskvada amalga oshirilgan 8 ta obyekt ishtirokchisi, Yangi Toshkent loyihasini ishlab chiqish boʻyicha tanlovning ishtirokchisi (top-5), BMT TDning “Rural environment” tanlovi sovrindori.
  • Yoqubov Zuhriddin — “ARCHIPELAG” MCHJda arxitektor, mamlakatning yetakchi yosh arxitektorlaridan biri, Oʻzbekistonda amalga oshirilgan 40 dan ortiq loyiha muallifi.
  • Zayniyev Ilhom — “Uzliti Engineering” kompaniyasi meʼmori, Oʻzbekiston yosh meʼmorlar birlashmasi tomonidan tashkil etilgan Human House binosini rekonstruksiya qilish boʻyicha tanlov gʻolibi (2024), Oʻzbekiston yosh meʼmorlar birlashmasi boshqaruv kengashi aʼzosi (2023).

Yosh meʼmorlar roʻyxatiga faqat olti nafar ayol arxitektor (20 foiz) kirdi. Bu arxitekturada gender muvozanati masalalarining dolzarbligini yana bir bor tasdiqlaydi. Ayniqsa, Oʻzbekistonda bu kasbdagi ayollar hali ham yetarlicha vakillikka ega emas, ular uchun martaba oʻstirish va karyeralarini rivojlantirish ancha qiyin. Shu sababli, 26-sentabr kuni Toshkentda oʻtkaziladigan Markaziy Osiyo urban-forumi ham arxitekturada ayollar roliga bagʻishlangan. Bu nafaqat kasbda gender tengligini rivojlantirish, balki shaharlarni loyihalashtirish va rejalashtirishdagi innovatsion hamda inklyuziv yondashuvlar orqali shahar muhitini yaxshilash nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyatga ega.

Umuman olganda, Top-30 yosh arxitektorlar reytingi yorqin va istiqbolli mutaxassislarning tanlovi hisoblanadi. Ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash va ijodiy salohiyatini ragʻbatlantirish barqaror, inklyuziv va texnologik jihatdan rivojlangan shaharlarni barpo etishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu arxitektorlarning meʼmorchilik va shahar qurilishiga qoʻshgan hissasi nafaqat zamonaviy shaharlar qiyofasini oʻzgartirishga, balki kelajak avlodlar uchun yangi turmush tarzini belgilashga qodir. Birlashma jamoasi ushbu meʼmorlarning ismlari yaqin kelajakda arxitekturada innovatsiyalar va taraqqiyotning sinonimi boʻlishiga ishonadi.