TASHKENT URBAN FORUM 2025

Toshkent Urban Forumi 2025: Qulay shahar muhiti - iqtisodiy barqarorlik poydevori.

O‘zbekiston yosh me’morlar uyushmasi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda, O‘zbekistonning yirik raqamli banki TBC Bank ko‘magida Toshkent Urban-forumi 2025ni e’lon qiladi.

Forum kun tartibida iqtisodiy barqarorlikning muhim omillaridan biri sifatida  qulay shahar muhitini yaratish jihatlari asosiy o‘rinni egallaydi.
Qulaylik keng ma’noda talqin qilinadi va aholining ijtimoiy-iqtisodiy, jismoniy hamda ruhiy farovonligini o‘z ichiga oladi.

Qulay hayotning asosiy jihatlari:
➖Shahar muhitining jozibadorligi - me’moriy qiyofani yaxshilash va sifatli jamoat joylarini barpo etish.
➖Qulay infratuzilma - inklyuzivlikka e’tibor qaratgan holda transport, ijtimoiy va raqamli infratuzilmani rivojlantirish.
➖Ijtimoiy-iqtisodiy salohiyat - shaharning investitsion jozibadorligini oshirish, ish o‘rinlari va kasbiy o‘sish uchun imkoniyatlar yaratish.

3 ta asosiy mavzu muhokamasi rejalashtirilmoqda:

1. Toshkent qiyofasini shakllantirish: me’morchilik, dizayn va shaharning o‘ziga xosligi 
Toshkentning arxitekturaviy qiyofasini saqlash va rivojlantirish, mintaqaning iqlimiy va madaniy xususiyatlariga mos ravishda zamonaviy shahar maydonlarini yaratish masalalariga bag'ishlangan munozara bo'ladi. Shuningdek, shaharning arxitekturaviy qiyofasini rivojlantirishda merosning roliga ham e'tibor qaratiladi.

2. Barchaga mos Infratuzilma: transport, kommunal xo‘jalik, inklyuzivlik va yangi texnologiyalar  
Transport tizimini va kommunal xizmatlarni zamonaviylashtirish, shahar infratuzilmasini boshqarishda "aqlli" texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, ta'lim, sog'liqni saqlash hamda jamoat joylariga kirish imkoniyatlarini ta'minlash masalasi muhokama qilinadi.  

3. Yashil iqtisodiyot va raqamlashtirish nuqtayi nazaridan shahar makonini o‘zgartirish
Shahar rivojlanishiga barqaror yondashuvlarni joriy etish, ekologik toza texnologiyalarni o'zlashtirish va shahar boshqaruvini optimallashtirish uchun raqamli yechimlardan foydalanish masalasi muhokama qilinadi. Ekologik standartlar, energiya samaradorligi va raqamli vositalarni birlashtirishga e'tibor qaratilib, bu ijtimoiy hayot uchun qulay va innovatsion joylar yaratish, shaharni investorlar va ish o‘rinlari uchun jozibador qilish omillari hisoblanadi.

Forum Toshkent shahrining me’moriy qiyofasini yaxshilash, inklyuziv loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, shaharning iqtisodiy asosini mustahkamlash strategiyalarini muhokama qilish uchun maydon vazifasini o‘taydi.

info@shaharsoz.uz

+99895 140 23 09