“Salom, shahar!” tanlovi:
shahar ijod maydoni sifatida

O‘zbekiston Yosh Arxitektorlar Uyushmasi O‘zbekistonning eng yirik raqamli banki TBC Bank bilan hamkorlikda «Salom, shahar!» tanlovini e’lon qiladi. Tanlov shahar muhitida reklama vositalari uchun kreativ dizayn loyihalarini ishlab chiqishga qaratilgan.

Kimlar qatnashishi mumkin?
Tanlovda barchaning ishtirok etishi mumkin:
 • Ixtisoslashtirilgan universitetlar talabalari,
 • Mutaxassislar,
 • Shuningdek, ijodiy ishqibozlar
Bu tanlov shaharning vizual o‘ziga xosligini rivojlantirishga hissa qo‘shish va shahar muhiti uchun innovatsion echimlar taklif qilish uchun noyob imkoniyatdir. G’olib loyihalar hayotga tatbiq etiladi!
Loyihaning asosiy maqsadi – shahar muhitiga uyg‘unlik bilan mos keladigan, kreativ va sifatli tashqi reklama vositalarini yaratishdir. Bu tashqi reklama haqidagi jamoatchilik fikrini o‘zgartirishga va shahar estetik muhitini yaxshilashga xizmat qiladi.

Hakamlar hay’ati
Eng yaxshi ishlarni xalqaro ekspertlardan iborat hakamlar hay’ati baholaydi va tanlaydi. Ularning tarkibi quyidagicha:
Takhmina Turdialieva (TATALAB), Bobir Klichev (Arc Architects), Devi Kutiashvili (MUA Architects), Mihail Gusev (TBC bank brend kommunikatsiyalari bo'yicha loyiha rahbari), Ilya Gusev (JURU)

G‘oliblarni taqdirlash marosimi Tashkent Urban Forum 2025 doirasida o‘tkaziladi.
O‘z g‘oyalaringizni hayotga tatbiq etishga tayyormisiz? Bizga qo‘shiling va O‘zbekiston shaharlarining yangi qiyofasini yaratuvchi ijodiy jamoaning bir qismi bo‘ling!

Texnik shartlar bu yerda yuklab olish mumkin.

info@shaharsoz.uz

+99895 140 23 09